» » Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi


31-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlangan. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Bozor Azizov ma’lum qilmoqda.

Bozor Azizovga ko‘ra, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Abdurasul Safarov Yakkabog‘ tuman hokimi etib tasdiqlangan.

Sessiya ishida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etib, nutq so‘zlagan.

Ma’lumot o‘rnida: Safarov Abdurasul Eshtemirovich 1965-yil 15-fevralda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют