» » Farg‘onada yo‘qolgan bola topildi

Farg‘onada yo‘qolgan bola topildi


Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari yo‘qolib qolgan bolani o‘z uyiga qaytardi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Telegram tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

31-iyul kuni ertalab soat 09:30 atrofida Farg‘ona shahri A.Navoiy yashovchi Z.O. ismli ayol Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlaridan yo‘qolib qolgan jiyanini topishda yordam so‘ragan. Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan safdor xodimlar Abror Vaxobov va Ma’murjon Yo‘ldoshevlar ko‘chada qarovsiz holda yig‘lab yurgan 7—8 yoshlardagi bolakayni uchratib, zudlik bilan yaqinlarini topish maqsadida navbatchilik qismiga xabar bergan.

“So‘x tumanida yashovchi 2011-yilda tug‘ilgan A.E. xolasi Z.O.ning uyiga mehmonga kelgani va ko‘chaga o‘ynagani chiqib adashib qolgani aniqlandi. Hozir bola yaqinlari bag‘rida”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют