» » G‘azo sektori chegarasidagi otishmada bir nafar falastinlik o‘ldirildi

G‘azo sektori chegarasidagi otishmada bir nafar falastinlik o‘ldirildi


G‘azo sektori chegarasida Isroil harbiylari bilan otishma paytida bir nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Avtomat va granatalar bilan qurollangan va HAMAS harakati kiyimida bo‘lgan falastinlik fuqaro G‘azo chegarasini kesib o‘tgan va isroillik askarlarga qarata o‘q uzgan. Bunga javoban uning o‘zi otib o‘ldirilgan. Otishmada bir nafar ofitser hamda ikki nafar isroillik askar yaralangan. Ular harbiy kasalxonaga yetkazilgan.

HAMAS Falastin harakati mazkur hodisa yuzasidan bayonot bermagan. Bo‘lib o‘tgan otishmadan so‘ng Isroil armiyasi bloklangan sektorda joylashgan HAMAS nuqtalariga bir necha zarba bergani haqida xabar qilingan edi. Qurbonlar va yetkazilgan zarar haqida ma’lum qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют