» » O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan xususiy universitet noqonuniy ravishda abituriyentlarni qabul qilmoqda

O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan xususiy universitet noqonuniy ravishda abituriyentlarni qabul qilmoqda


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi abituriyentlarni O‘zbekiston universitetlaridan biri qabul uchun hujjatlarni qonuniy asoslarsiz qabul qilishidan ogohlantirmoqda.

“Novosti Uzbekistana”ning yozishicha, Qarshi shahridagi Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish uchun bir necha bor ariza bilan murojaat qilganiga qaramay, litsenziyaga ega emas.

Lekin ushbu muassasa oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan talab va normalarga javob bermagani, o‘z binosiga ega bo‘lmagani hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya, asbob-uskunalari va texnik vositalari bilan jihozlangan auditoriyalarga ega bo‘lmagani sababli litsenziya berish rad etilgan.

Biroq universitet rahbariyati ushbu ta’lim muassasasi litsenziyaga egaligi, uning diplomi davlat oliy ta’lim muassasalariga tenglashtirilganini aytib, abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishda davom etmoqda va qabul uchun to‘lov undirmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, abituriyentlar 101 365 so‘m to‘lashi lozim.

Ta’kidlanishicha, universitet imtihon o‘tkazmaydi va kontraktni to‘lagan barcha abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishga va’da bermoqda. Davlat inspeksiyasi universitet noqonuniy faoliyatining oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligiga xat yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют