» » Termiz davlat universitetida qabul jarayonlari tartibsiz bo‘layotgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Termiz davlat universitetida qabul jarayonlari tartibsiz bo‘layotgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi


Ijtimoiy tarmoqda Termiz davlat universitetida qabul jarayonlari tartibsiz bo‘layotgani, abituriyentlar Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida imtihon muddatini bilolmasdan, unda ishtirok etolmagani haqida xabar tarqalgan edi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishisha, universitetida vazirlik talabi asosida kasbiy (ijodiy) imtihonlar kuzatuv kameralari o‘rnatilgan; ijodiy (kasbiy) imtihonlar oldidan abituriyentlar uchun konsultatsiyalar o‘tkazilib, imtihon o‘tkazilish tartibi, unda beriladigan topshiriqlar tushuntirilgan; imtihon o‘tkazish sanasi va joyi, unda ishtirok etadigan abituriyentlar ro‘yxati e’lonlar taxtasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, imtihon natijalari esa shu kunning o‘zida e’lonlar taxtasiga ilinib, universitet rasmiy sayti va Telegram kanali, “Ishonch” telekanali va boshqa mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib borilgan.

Universitetning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishiga kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida jami 397 nafar abituriyent ro‘yxatga olingan. Ijodiy imtihonlar shu yilning 25—28-iyul kunlari o‘tkazilib, unda 19 nafar abituriyent qabul komissiyasiga noma’lum sabablarga ko‘ra qatnashmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют