» » OAV: Kanada Harbiy-havo kuchlari Yevropa osmonida patrul qiladi

OAV: Kanada Harbiy-havo kuchlari Yevropa osmonida patrul qiladi


Kanada Harbiy-havo kuchlari NATO mamlakatlari chegarasidagi davlatlar osmonida patrul qilish uchun Yevropaga oltita CF-18 qiruvchi-bombardimonni olib keladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Kanada harbiy aviatsiyasi Islandiyaga joylashadi va shu yilning may oyidan boshlab “o‘qlarsiz” patrulni boshlaydi. Qolgan tafsilotlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kanadalik harbiylar 2017-yilning may oyida Latviyaga kelishi va NATO batalyonini tashkil qilishi kerak. Batalyonda, shuningdek, Albaniya, Italiya, Latviya, Polsha va Sloveniya harbiylari ham bo‘ladi. Batalyon 1 000 harbiydan, shulardan 450 nafari kanadalik harbiylardan tashkil topadi.

Mart oyi boshida Kanada milliy mudofaa vazirligi Rossiya tomonidan kutilayotgan kiberhujum va noto‘g‘ri ma’lumotlardan o‘z kompyuterlarini saqlash maqsadida Boltiqbo‘yi davlatlarda kiberxavfsizlik bo‘yicha harbiy mutaxassislarni joylashtirishini ma’lum qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют