» » Bangkokda 7 ta portlash sodir bo‘ldi

Bangkokda 7 ta portlash sodir bo‘ldi


Tailand poytaxti Bangkokda 7 ta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Nation TV telekanali xabar berdi.

Dastlabki 3 ta portlash orada 5—7 daqiqa farq bilan Pratu Nam hududida sodir bo‘lgan. Quruq o‘tlar orasiga yashirilgan qo‘lbola portlash qurilmasidan  ikki nafar chiqindilardan tozalayotgan munitsipal xizmat xodimi jarohatlangan.

Oradan 3 soat o‘tib, bir necha banklarning bosh ofisi va qator elchixonalar joylashgan “Chongnonsi” yer usti metrosi yaqinidagi hududda yana 2 ta portlash sodir bo‘lgan.

Oltinchi va yettinchi portlashlar Qirol Rama to‘qqizinchi nomli ko‘chada, hukumat binolari yaqinida sodir bo‘lgan. Bu portlashlardan jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют