» » “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: Zomin tumani iste’molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: Zomin tumani iste’molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-oktabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakati bo‘ylab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.

Xususan, Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatining Zomin tumani iste’molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Zomin tumanida jami 27 672 ta hisoblagich o‘rnatilishi belgilangan.

Hozirda Jizzax shahar, Sh.Rashidov, Arnasoy, Paxtakor, G‘allaorol va Zomin tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. 2019-yil yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to‘liq o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatilmoqda.

Hurmatli iste’molchilar, ushbu ishlarni amalga oshirishda pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga hamda Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют