» » O‘zbekistonda majburiy mehnatga jalb qilgan mas’ul shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

O‘zbekistonda majburiy mehnatga jalb qilgan mas’ul shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin


Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Prezidentning “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

Muhokamada Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisi Shavkat Javlonov spiker sifatida qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, farmon bilan odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilindi. Milliy komissiya davlat organlari va hududiy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savdosi, majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. Milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida ayni sohada davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi. Jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, oldini olish va ularga chek qo‘yish amaliyotini o‘rganadi.

Qayd etilishicha, odam savdosi ko‘proq xotin-qizlarni o‘z girdobiga tortmoqda. Buni raqamlar ham isbotlaydi. 2018-yilning oxiri va 2019-yilning olti oyida odam savdosi bilan jinoyat sodir etgani uchun 70 nafar shaxs sudlangan. Ularning 55 nafari ayollar.

Mazkur illat bilan bog‘liq jinoyatning yana bir asosiy “auditoriyasi“ mehnat muhojirlari ekani yaxshi ma’lum. Bugungi kunda chet elda 2 million 600 mingga yaqin o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda.

— Ayni paytda mamlakatda 81 ta xususiy bandlik agentligi faoliyat yuritmoqda, ularning 60 dan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyaga ega, — dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev. — Ammo ular tomonidan rasmiy ravishda ishga joylashganlar soni 3-3,5 mingdan ortmayapti. Bu tizim biz uchun yangi. Shuning uchun odamlarga tanish-bilishdan ko‘ra, xususiy bandlik agentliklari orqali pul to‘lab xorijga ketish ishonchli va xavfsiz ekanini tushuntirishimiz kerak.

Vazirning ma’lum qilishicha, fuqarolarning huquqlari va mehnat faoliyatini muhofaza qilish maqsadida maxsus fond tashkil etilgan. Mazkur fond ko‘magida o‘tgan yili Rossiya IIV Vaqtinchalik saqlash markazlarida ushlab turilgan 1314 nafar o‘zbekistonlik mamlakatga olib kelindi. Shuningdek, yaqin vaqt oralig‘ida qonunchilikka ham o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu o‘zgartirishlarda fuqarolarni yoki xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan mas’ul shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. Hozircha O‘zbekistonda bunday vaziyatlarda eng kam ish haqining 3 barobarida ma’muriy jazo qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют