» » Olmaotada zo‘rlash jinoyatida gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik qidirilmoqda

Olmaotada zo‘rlash jinoyatida gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik qidirilmoqda


Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 29 yoshli erkak qidirilmoqda. “Zakon.kz”ning xabar berishicha, u Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 120-moddasida belgilangan jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda.

Ta’kidlanishicha, u Olmaota viloyatining Ili tumanida bir qizni tahqirlagan. “Erkak o‘zini Yelemesov Abdusamat deb tanishtirishi, qoraqalpog‘istonlikman deyishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Ma‘lum bo‘lishicha, jinoyat 2018-yilning may oyida sodir etilgan. Ili tumanida yashovchi qiz Saule K. bolalikdagi do‘sti tomonidan zo‘rlangan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, so‘ng qo‘yib yuborilgan. Bu jinoyat ishi ikki marta yopib yuborilgan.

Voqeaga “Ne molchi” harakati va Olmaota viloyati Ichki ishlar departamenti aralashganidan so‘nggina jinoyatchi qidiruvga berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют