» » Prezident: Banklar tadbirkorlarning haqiqiy ma’nodagi biznes hamkori bo‘lishi kerak

Prezident: Banklar tadbirkorlarning haqiqiy ma’nodagi biznes hamkori bo‘lishi kerak


2-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, oxirgi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta miqdorda kreditlar berildi. Ularning 90 foizdan ziyodi davlat mablag‘laridir.

O‘tkazilgan o‘rganishlar 2017-2018 yillarda bankdan kredit olgan mingdan ortiq tadbirkorlarning loyihalari bo‘yicha yer ajratish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnoma olish, dastgohlarni keltirish va boshqa turli masalalarga doir muammolar borligini ko‘rsatgan. Bu o‘z navbatida berilgan kreditlarning qaytarilishini qiyinlashtiradi.

Shu bois Hisob palatasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga muammolari bo‘lgani uchun to‘liq amalga oshirilmayotgan loyihalar ro‘yxatini shakllantirib, ularga amaliy ko‘mak berish vazifasi qo‘yildi.

Davlat rahbari banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirib, tadbirkorlarni ularning butun faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashi, o‘z mijozlari bilan haqiqiy ma’noda biznes-hamkor sifatida ishlashi kerakligini ta’kidladi.

Xalqaro kredit liniyalari mablag‘larini tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb qilish, ularni o‘zlashtirish borasida mamlakatning har bir hududi kesimida takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tijorat banklarida tashkil etilgan “Investitsiya markazlari” orqali bu kreditlarning yo‘nalishlari va shartlari to‘g‘risida har bir mijozga to‘liq ma’lumot berish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda faoliyatini to‘xtatgan kichik biznes sub’ektlarini qayta tiklash masalalari ham tahlil qilindi. Mutasaddilarga soliq va statistika ma’lumotlarini tahlil qilib, har bir korxonaning faoliyat ko‘rsatmaslik sabablarini aniqlash vazifasi qo‘yildi. Hokimlarning tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va joylardagi iqtisodiy kompleks idoralari rahbarlari faoliyatini tiklash imkoni bo‘lgan korxonalar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etishga yordam berishi kerakligi ta’kidlandi.

Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tiklash, ish o‘rinlarini legalizatsiya qilish, yangi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish hisobiga soliq bazasini kengaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют