» » Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotida Belarusga tashrif natijalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotida Belarusga tashrif natijalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Aleksandr Lukashenko va birodar Belarus xalqiga kuni kecha muvaffaqiyatli yakunlangan O‘zbekiston Prezidentining Belarusga ilk rasmiy tashrifi davomida ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar O‘zbekiston—Belarus sammiti ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarib, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Xususan, Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma hududlararo forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasining samarali natijalari, ularning yakunida 300 million dollarga yaqin qiymatdagi eksport-import shartnomalari va yetakchi korxonalar kooperatsiyasi to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolangani yuksak baholandi.

Davlat rahbarlari ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligini qayd etdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston madaniyati kunlari hamda Belarus poytaxtida o‘zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy byustining ochilishi xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilgani ta’kidlandi.

Muloqotda erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan hujjatlarni “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Belarus korxonalarining ilg‘or texnologiyalari va bilimlari asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalar va kooperatsiya dasturlarini ilgari surish xususida so‘z bordi.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni o‘zi uchun qulay fursatda mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelishni yana bir bor taklif etdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют