» » Xalq ta’limi tizimi xodimlari maoshlari miqdori 1-avgustdan qanday bo‘ladi?

Xalq ta’limi tizimi xodimlari maoshlari miqdori 1-avgustdan qanday bo‘ladi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF–5765-sonli farmoni bilan 2019-yilning 1-avgustidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur farmon ijrosi doirasida 2019-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Madaniyat vaziri hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirlarining qo‘shma qarori qabul qilindi.

Qo‘shma qaror bilan 2019-yilning 1-avgustidan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilishi munosabati bilan xalq ta’limi, madaniyat hamda sport muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qayta ishlab chiqilib, xalq ta’limi, madaniyat va sport muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari tasdiqlandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, madaniyat vaziri, jismoniy tarbiya va sport vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari, vazirliklar tasarrufidagi respublika tashkilotlari rahbarlariga xalq ta’limi, madaniyat va sport muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining ish haqlarini ilovadagi bazaviy tarif stavkalar bo‘yicha o‘z vaqtida qayta hisob-kitob qilish, xalq ta’limi, madaniyat va sport muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari o‘zgarishi munosabati bilan qo‘shimcha talab etiladigan mablag‘larni ajratish yuzasidan tegishli moliya organlari bilan ish olib borish vazifalari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют