» » 19 o‘rindiqli mikroavtobusga 74 bola va 1 ta bog‘cha opani sig‘dirgan xitoylik haydovchi hibsga olindi (video)

19 o‘rindiqli mikroavtobusga 74 bola va 1 ta bog‘cha opani sig‘dirgan xitoylik haydovchi hibsga olindi (video)


Xitoyning Xenan provinsiyasi Nanyan shahrida 19 o‘rindiqli mikroavtobusga 70 nafardan ortiq bolani sig‘dirgan haydovchi hibsga olindi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Politsiya xodimlari mikroavtobusning old oynasi oldida to‘planib turgan bolalarni payqab qoldi. Mikroavtobus to‘xtatilganda uning ichidan 74 bola va bog‘cha opa chiqib keldi.

Transport vositasini maktab avtobusini boshqarishga huquqi bo‘lmagan 27 yoshli erkak boshqargani ma’lum qilinmoqda.

Aniqlanishicha, mikroavtobus mahalliy bolalar bog‘chasiga tegishli bo‘lgan, ammo bolalarni tashishga mo‘ljallanmagan edi. Haydovchi mikroavtobusni xavfli tarzda boshqargani uchun hibsga olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют