» » JCh—2018. Germaniya yuz foizlik natija bilan Rossiya mundiali sari ancha yaqinlashib qoldi

JCh—2018. Germaniya yuz foizlik natija bilan Rossiya mundiali sari ancha yaqinlashib qoldi


2018-yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yevropa termalari kurashni davom ettirmoqda.

Saralashning “C” guruhida Ioxim Lyov ustozlik qilayotgan Germaniya termasi yuz foizlik natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Nemislar ortda qolgan besh turning to‘rttasida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shimoliy Irlandiya bilan o‘yin esa 2 ta gol farqidagi ustunlik bilan yakuniga yetdi.

Ma’lumot uchun, hafta boshida Germaniya termasi o‘z maydonida Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, jamoa bilan shu kuni xayrlashgan Lukas Podolskining yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozongandi.

Yevro—2016 kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilgan Shimoliy Irlandiya termasi ikkinchi yo‘llanma uchun kurash olib bormoqda. Chexiya mazkur turda yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsa-da, irlandiyaliklar chexlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermadi.

JCh—2018. Yevropa
“C” guruhi. 5-tur
26-mart, yakshanba

Gollar: Andre Shyurrle, 19 (0:1). Dmitriy Nazarov, 31 (1:1). Tomas Myuller, 36 (1:2). Mario Gomes, 45 (1:3). Andre Shyurrle, 81 (1:4).

Gollar: Antonin Barak, 17 (0:1). Vladimir Darida, 19 (0:2). Antonin Barak, 24 (0:3). Teodor Gebre Selassiye, 26 (0:4). Mixal Krmenchik, 43 (0:5). Vladimir Darida, 77-pen (0:6).

Gollar: Jeymi Uord, 2 (1:0). Konor Vashington, 33 (2:0).

Опубликовано: admin (27-03-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 6) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют