» » JCh—2018. Defo va Vardining gollari Angliyaga g‘alaba olib keldi. Slovakiya esa inglizlarni ta’qib etmoqda

JCh—2018. Defo va Vardining gollari Angliyaga g‘alaba olib keldi. Slovakiya esa inglizlarni ta’qib etmoqda


2018-yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yevropa termalari kurashni davom ettirmoqda.

Saralashning “F” guruhida Angliya termasining peshqadamligi davom etdi. Londonda Litvani qabul qilgan inglizlarga APLda jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan ikki klub hujumchilarining goli yordam berdi. Avvaliga “Sanderlend” vakili Jermeyn Defo hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda “Lester” a’zosi Jeymi Vardi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Slovakiya termasi saralashning ilk turida Angliyani qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2-turda esa Sloveniya o‘z maydonida slovaklar ustidan zafar quchgandi — 1:0. Keyingi uch tur Slovakiya 9 ochko ishlab oldi.

Avvaliga Shotlandiya ustidan 3:0 hisobida zafar quchilgan bo‘lsa, keyinroq Litva posti javobsiz to‘rt bor ishg‘ol etildi. Birinchi davraning so‘nggi o‘yinida Slovakiya Maltani taslim qildi — 3:1.

JCh—2018. Yevropa
“F” guruhi. 5-tur
26-mart, yakshanba

Gollar: Jermeyn Defo, 22 (1:0). Jeymi Vardi, 66 (2:0).

Gol: Kris Martin, 88 (1:0).

Gollar: Vladimir Vayss, 2 (0:1). Jan-Pol Farruja, 14 (1:1). Yan Gregush, 41 (1:2). Adam Nemets, 84 (1:3).
Chetlatish: Jan-Pol Farruja, 79 (M). Adam Nemets, 90+1 (S).

Опубликовано: admin (27-03-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют