» » Germaniya va Fransiyada bugun Superkubok bahslari bo‘lib o‘tadi

Germaniya va Fransiyada bugun Superkubok bahslari bo‘lib o‘tadi


Germaniya hamda Fransiya davlatlarida 3-avgust, shanba kuni  futbol bo‘yicha Superkubok uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Fransiya Superkubogida mamlakat chempioni PSJ kubok sohibi “Renn” bilan bahsga kirishadi. Belllashuv soat 16:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Renn” kubok finalida aynan parijliklarni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 1971-yildan beri ilk marta musobaqa g‘olibiga aylangandi.

Germaniya vitse-chempioni “Borussiya Dortmund” Dortmund shahrida Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da start oladi.

Ma’lumot uchun, myunxenliklar so‘nggi 3 ta Superkubok bahsida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Superkubok

3-avgust, shanba

Germaniya

Fransiya

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 1) ( 70) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...