» » Farruh Nosirov Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasi vitse-prezidentiga aylandi

Farruh Nosirov Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasi vitse-prezidentiga aylandi


2-avgust, juma kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasining (CATA) ikkinchi kongressi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mazkur yig‘ilishda mamlakat triatlon federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Farruh Nosirov CATA vitse-prezidenti etib saylandi.

Shu bilan birga Kongressda yaqin kelajakdagi asosiy maqsadlar, aniq vazifalar belgilandi va bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, CATA shafeligida birinchi musobaqalarning o‘tkazilish muddatlari aniq bo‘ldi. Triatlon bo‘yicha musobaqalarga birinchi marta joriy yilning 5-oktabr kunidan start beriladi.

Paratriatlon bo‘yicha CATA birinchi starti esa 22-sentabr kuni Qozog‘istonning Oqtau shahri mezbonlik qiladigan birinchi Osiyo kubogi doirasida o‘tkaziladi.

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют