» » O‘zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” “Qizilqum”ni qabul qiladi, OKMK esa “Mash’al” bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” “Qizilqum”ni qabul qiladi, OKMK esa “Mash’al” bilan o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. Bellashuv soat 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “qaldirg‘ochlar” musobaqaning 3-bosqichida “Metallurg”ni 2:1 hisobida ma‘lubiyatga uchratgandi.

Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK klubi esa “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, OKMK va “Mash’al” jamoalari bunga qadar 19 ta bahsda o‘zaro to‘qnash kelgan. Mazkur qarama-qarshilikda “Mash’al” ustunlik qilmoqda. Olmaliqliklar 6 marta g‘alabaga erishgan, 4 marotaba durang qayd etgan bo‘lsa, 9 bor mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati ham “Mash’al” foydasida: 20-23.

Shu kuni “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Zomin” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Ikkala o‘yinga ham soat 20:00 da start beriladi.

O‘zbekiston Kubogi

1/8 final bahslari

3-avgust, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют