» » Xalqaro armiya o‘yinlari 10 ta davlat hududida o‘tkaziladi

Xalqaro armiya o‘yinlari 10 ta davlat hududida o‘tkaziladi


Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida 10 ta davlat poligonida dunyoning 36 ta mamlakatidan kelgan harbiylar o‘z professionalligini namoyish etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Joriy yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida dunyoning 36 mamlakatidan kelgan 200 jamoa tarkibida 5 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ular 10 davlatning 25 ta poligonida o‘zlarining professional mahoratini namoyon etadi. “ArMI—2019” doirasidagi tanlovlarning 15 tasi Rossiya hududida o‘tkazilsa, qolganlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Xalqar o‘yinlarning eng qiziqarli yo‘nalishi hisoblangan “Tank biatloni” Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida o‘tkazilsa, “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishiga birinchi bor Jizzax viloyatidagi “Forish” poligoni mezbonlik qiladi.

Qozog‘istonda esa uchta tanlov bo‘lib o‘tadi: aloqachilar bellashuvi — “Ishonchli usul”, uchuvchisiz uchish apparatlari ekipajlari musobaqasi hamda “Artilleriya olovi ustasi”. Snayperlar va maxsus bo‘linmalar Belarusda bellashadi. “Ot marshruti” — Mo‘g‘ulistonda, “Dunyo jangchisi” — Armanistonda, “Dengiz kubogi” — Ozarbayjonda o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: “Forish” poligonida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan xalqaro “ArMI — 2019” o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют