» » Akrom Malikning jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari o‘rganilmoqda

Akrom Malikning jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari o‘rganilmoqda


O‘zbekiston Oliy sudi “Sof.uz” saytida chop etilgan “Oliy sud navoiyshunos Akrom Malikning shikoyat arizasiga e’tibor qaratmadi” maqolasi yuzasidan munosabat bildirdi.

Oliy sud matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017-yil 13-yanvardagi hukmiga ko‘ra, Akrom Malikka Jinoyat kodeksi 159-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “v”, “g” bandlari (oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalangan holda OAV yoki Internetdan foydalanib jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish), 244-2-moddasi 1-qismi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shu sud kassatsiya instansiyasining 2018-yil 23-fevraldagi ajrimi bilan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan. Himoyachilar T.Jumaniyazov va F.Mustonov tomonidan Akrom Malikka oid jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlaridan norozi bo‘lib, Oliy sudga nazorat tartibida 2019-yil 22-iyul kuni shikoyat berilgan. “Hozirda mazkur shikoyat asosida Akrom Malikka oid jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari o‘rganilayotgani ma’lum qilindi”, — deyiladi O‘zA axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют