» » AQSh Yaqin Sharqqa qariyb 200 nafar desantchi yuboradi

AQSh Yaqin Sharqqa qariyb 200 nafar desantchi yuboradi


AQSh Bag‘doddagi qo‘mondonlik so‘rovi bo‘yicha Yaqin Sharqqa 200 ga yaqin desantchi harbiy xizmatchilarni yuboradi, deb yozadi “Gazeta.ru” Fox News’ga tayanib.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh armiyasining 82-havo-desant diviziyasining ikkita qo‘shimcha rotasi Iroqqa yoki Suriyaga yuboriladi. Harbiy xizmatchilarni aynan qayerga joylashtirishlari aniq ma’lum emas.

Telekanal ta’kidlashicha, qaror IShID guruhiga qarshi kurashish bo‘yicha AQSh rahbarligidagi koalitsiyaning yuqori mansabli komandiri, general-leytenant Stiven Taunsend tomonidan qabul qilinadi.

Pentagon 200 nafar harbiyning jo‘natilishi haqida 27-mart, dushanba kuni ko‘proq tafsilotlarni ma’lum qilishi kutilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют