» » “Manchester Siti” “Bavariya”ga Sanening narxini ma’lum qildi

“Manchester Siti” “Bavariya”ga Sanening narxini ma’lum qildi


“Manchester Siti” yarim himoyachi Leroy Saneni “Bavariya”ga 150 million yevrodan kamiga sotimoqchi emas, deya xabar berdi Suddeutsche Zeitung.

Ma’lum bo‘lishicha, “shaharliklar” rahbariyati bunday narx belgilashida “Atletiko”ning “Benfika”dan Joau Feliksni 126 million yevroga sotib olganini ro‘kach qilib ko‘rsatmoqda.

Angliya klubi rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi Yevropaning eng yaxshi klublarida o‘ynash uchun yetarli tajribaga ega. Ta’kidlanishicha, bu borada u portugaliyalikdan ustun.

OAVga ko‘ra, “Bavariya” Sane uchun “Manchester Siti”ga 100 million yevro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Leroy Sane 2016-yilning yozida “Siti”ga “Shalke-04”dan 50,5 million yevro evaziga o‘tgandi.  U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi hamda 18 ta golga assistentlik qildi.

Ma’lumot uchun, Sanening “mankunianlar” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют