» » “Barselona” Malkom transferidan tushgan mablag‘ga kimni sotib olishi ma’lum bo‘ldi

“Barselona” Malkom transferidan tushgan mablag‘ga kimni sotib olishi ma’lum bo‘ldi


“Barselona” rahbariyati yarim himoyachi Malkomni “Zenit”ga sotgandan so‘ng undan tushgan pulga qaysi futbolchini sotib olishi ma’lum bo‘ldi.

Braziliyalikning transferi peterburgliklarga qo‘shimcha bonuslar bilan hisoblaganda 45 million yevroga tushgandi.

Calciomercato’ning xabar berishicha, Kataloniya klubi tushgan pulni “Betis” himoyachisi Ektor Firponi sotib olishga sarflaydi. Sevilya klubi 22 yoshli himoyachi bilan tuzgan shartnomasida belgilanga 50 million yevro miqdoridagi tovon puliga qaramasdan, uni 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Firpo “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018/19-yilgi mavsum “Betis” safida 38 ta o‘yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Firponing amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozida yakuniga yetadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют