» » Toshkent viloyati hokimi lavozimidan salomatligi tufayli ketgan G‘ulomjon Ibragimov zavodga direktor bo‘ldi

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan salomatligi tufayli ketgan G‘ulomjon Ibragimov zavodga direktor bo‘ldi


O‘z vaqtida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan G‘ulomjon Ibragimov “Birinchi rezinotexnika zavodi” kompaniyasi direktori etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi lavozimida 2017-yil oktabrida paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olingan Shukrullo Boboyev o‘rniga ish boshlagan edi. U 2018-yil yanvarida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga to‘la tasdiqlangan, 2019-yil iyunida esa salomatligi tufayli lavozimdan ozod etilgan edi.

Ibragimov 1958-yil Toshkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. 1980-yilda Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni, 2003-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy ishbilarmonlik maktabini tamomlagan.

Ko‘p yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004—2010-yillarda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010-yildan O‘zbekiston hukumati tarkibida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Angrendagi shina ishlab chiqarish zavodi O‘zbekiston Prezidentining 2014-yildagi tegishli qaroriga muvofiq, qurib bitkazilgan. Zavodda 2018-yil iyuldan boshlab ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют