» » Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligida investitsiya loyihalariga bagishlangan videoselektor otkazildi

Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligida investitsiya loyihalariga bagishlangan videoselektor otkazildi


Ozbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Ilhom Nematov 3-avgust kuni TIVda Ozbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston mintaqalariga qilgan safarlari chogida elchilar tomonidan taqdim qilingan loyihalarning amalga oshirilishi borasidagi faoliyatiga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, yigilishda Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi va Hisob palatasining masul xodimlari hamda videokonferensaloqa orqali Ozbekistondagi xorijdagi diplomatik missiyalarining rahbarlari ishtirok etgan.

Tadbir chogida Ozbekiston diplomatik vakolatxonalari tashabbusi asosida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirishi monitoringi otkazilgan. Shu nuqtai nazardan Ozbekistonning elchixona va konsulxona rahbarlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida ularga yuklangan topshiriqlarning bajarilishi togrisidagi hisobotlari tinglangan, mavjud muammoli masalalar va ularni hal etish yollari tahlil qilingan.

Yigilishda diplomatik vakolatxonalarning birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari tanqidiy korib chiqilgan va ularning oldiga 2019-yil uchun belgilangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boyicha aniq topshiriq qoyilgan.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimizga chet el investitsiyalarini jalb qilish, investitsiya loyihalarini, avvalo ozlariga biriktirilgan hududlardagi loyihalarni amalga oshirish uchun yangi moliyaviy manbalarni izlab topishga yonaltirilgan ishlarni faollashtirish topshirildi, deyiladi TIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-08-2019, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
:
-
:
20 ... -