» » “Borussiya D” “Bavariya”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 6-bor Germaniya Superkubogiga ega chiqdi

“Borussiya D” “Bavariya”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 6-bor Germaniya Superkubogiga ega chiqdi


Futbol bo‘yicha Germaniya Superkubogi doirasida mamlakat vitse-chempioni “Borussiya Dortmund” Dortmund shahrida Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 48-daqiqasida Dortmund klubi hujumchisi Pako Alkaser Jeydon Sancho uzatgan to‘pni Manuel Noyer qo‘riqlayotgan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi (1:0). 69-daqiqada esa birinchi golga assistentlik qilgan Sancho ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (2:0).

Shu tariqa “arilar” “Bavariya” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya” mazkur sovringa 6 marotaba ega chiqdi. Bu borada myunxenliklar yetakchi hisoblanadi. “Bavariya” hisobida 7 ta sovrin mavjud.

Germaniya Superkubogi

3-avgust, shanba

Gollar: 1:0 — 48 Alkaser, 2:0 — 69 Sancho

“Borussiya D”: Xits, Pishchek (Volf, 80), Toprak, Akanji, Shults, Vitsel, Gerreyru (Hakimi, 75), Sancho (Bruun Larsen, 81), Vaygl, Roys, Pako Alkaser

“Bavariya”: Noyer, Kimmix, Zyule, Alaba (Sanshesh, 70), Boateng, Alkantara (Pavar, 80), Tolisso, Goretska, Koman, Myuller (Devis, 66), Levandovski

Ogohlantirishlar: Levandovski (59), Kimmix (77)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют