» » Qurbonlikka qanday hayvonlarni so‘yish mumkin?

Qurbonlikka qanday hayvonlarni so‘yish mumkin?


Musulmonlar orasida Hayit bayrami arafasida jonliq so‘yib qurbonlik qilish yaxshi an’anaga aylangan. Qurbonlikka qanday hayvonlarni so‘yish mumkinligi haqidagi haqida turli ma’lumotlar mavjud.

Qo‘y, echki, qora mol, tuya kabi hayvonlarni erkagi ham, urg‘ochisi ham so‘yilishi mumkin. Ulardan tuya 5 yoshli, sigir 2 yoshli, qo‘y va echki 1 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Biroq 6 oylik qo‘y 1 yoshga kirgan qo‘yga o‘xshagan semiz bo‘lsa, joizdir. Bunday hayvonlarni kishi o‘zining imkoniyatiga qarab so‘yishi mumkin. Lekin bu hayvonlardan boshqa — tovuq, o‘rdak, kurka kabilarni qurbonlik niyatida so‘yish haromga yaqin makruh amaldir.

Bir kishi xohlasa bitta qo‘y yoki bitta echki va yoki bitta mol yo bitta tuya so‘yishi mumkin. Tuya bilan molni bir kishidan to yetti kishigacha sherik bo‘lib so‘ysa bo‘ladi. Birgalikda qurbonlik qiluvchilar, hayvonni birga sotib oladi yoki orasidan bir kishiga hayvonni sotib olish uchun vakolat beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют