» » Toshkentdagi Inha universiteti talabalari Microsoft mahsulotlaridan bepul foydalanishi mumkin

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari Microsoft mahsulotlaridan bepul foydalanishi mumkin


Microsoft kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga o‘zining litsenziyali dasturiy ta’minot hamda ishlanmalaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Microsoft kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) ma’muriyatiga Microsoft Imagine’ning 700 dona vaucherini topshirdi.

Microsoft Imagine (avvalgi nomi DreamSpark) yordamida IUT talabalariga Windows operatsion tizimidan, Microsoft Azure, Visual Studio, SQL Server, Xamarin va boshqa dasturiy ta’minotlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, Microsoft Imagine dasturi amaliy mashg‘ulotlarga ham yo‘l ochadiki, uning yordamida talabalar o‘zlarining malakalarini oshirib olishi mumkin.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют