» » Ravon 2017-yilda Rossiyadagi savdo hajmini 25 marta oshirishni rejalashtirmoqda

Ravon 2017-yilda Rossiyadagi savdo hajmini 25 marta oshirishni rejalashtirmoqda


22-mart kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi binosida Ravon avtokonserni dilerlari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “1news.uz”. Kompaniya vakillari o‘z yutuqlarini e’lon qildi va Rossiya bozoridagi savdoni 25 marta oshirishga va’da berdi.

Bosh direktor Sharof Ashurov ta’kidlashicha, 2016-yilda Rossiyada Ravon’ning 50 ta dilerlik markazi o‘z eshiklarini ochgan, ular jami 1811 ta avtomobilni sotgan, ularning 50 foizi noyabr-dekabr oylarida sotilgan.

Konsern rahbariyati Rossiyada yana 70 ta markazni ochish va yiliga kamida 50 mingta avtomobil sotishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya tahlilchilari taqdim etgan prognozlarga ko‘ra, Ravon R2 2017-yilda “A” segmentining 80 foizini “zabt etadi”, korporativ savdolar esa 20 foizga yetadi.

Avtokonsern “Korchma”, “Tanuki”, “Yakitoriya”, Papa Jones, “Yandeks. Taksi” kabi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzdi. Shuningdek, ERA-Glonass va 112 xizmati bilan integratsiyalanadigan Ravon Assitance tizimi ham savdolar o‘sishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi kerak.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют