» » Qoraqalpog‘istonda kiyiklarni noqonuniy ovlagan brakonyerlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda kiyiklarni noqonuniy ovlagan brakonyerlar qo‘lga olindi


Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani hududida o‘tkazilgan reydda ovlanishi man qilingan yovvoyi hayvonlarning noqonuniy ovlagan brakonyerlar aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Taxtako‘pir tumani “Qo‘ng‘irotko‘l” OFY hududidan ketayotgan UAZ-469 avtotransporti to‘xtatilib, tekshirib ko‘rilganda fuqarolar M.D., T.M., A.J. va Q.Q.lar 3 ta jayron kiyigini otib o‘ldirgani aniqlangan. Tekshiruvlar IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351 ov miltig‘i fuqaro Q.Q.ga tegishli ekanligini aniqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi avtomashinani, ov miltiqlarini, projektor, o‘qlar hamda 3 ta o‘lik holdagi jayron kiyiklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘ygan.

Hozirda brakonyerlar tomonidan tabiatga keltirilgan ziyon miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют