» » MIB Bektemir tuman DSI foydasiga 2 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi

MIB Bektemir tuman DSI foydasiga 2 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi


Majburiy ijro byurosi Bektemir tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga katta miqdordagi qarzdorlik summasini undirib berdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining 2019-yil 28-iyundagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor korxonadan undiruvchi Bektemir tuman DSI foydasiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorlikni qoplash uchun 2 milliard 810 million 560 ming so‘m pul mablag‘lari undiruviga bog‘liq ijro ijro hujjati mavjud.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor korxona hisob raqamida saqlanayotgan 1 milliard 272 million 35 ming so‘m, 2 million 200 ming Rossiya rubli va 144 ming 781 AQSh dollari AIT “Ipak Yuli” bankining Chilonzor filiali maxsus hisob raqamlariga o‘tkazildi.

So‘ngra, milliy valyutasiga konvertatsiya qilgan holda jami 2 milliard 810 million 560 ming so‘m pul mablag‘lari Bektemir tuman DSI hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют