» » Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu loyiha asosida kasalliklarning ma’lum turlarini qaysi sog‘liqni saqlash markazlarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini berishi shakllantirilmoqda. Xususan:

— Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida patologiyali homilador ayollar uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar;

— akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (katta yoshdagi) mijozlarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holatlar)lar;

— Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar;

— Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (katta yoshdagi) mijozlarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar;

— Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar;

— jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar;

— Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul’monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (katta yoshdagi) mijozlarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar;

— Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (katta yoshdagi) mijozlarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar;

— Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar;

— 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ixtisoslik bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi kasallik (holat)lar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют