» » “Barselona” “Arsenal”ni mag‘lub etib, ketma-ket 7-marta Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi

“Barselona” “Arsenal”ni mag‘lub etib, ketma-ket 7-marta Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi


4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Gamper Kubogi doirasida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” jamoasi bilan bellashdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib, yarim himoyachi Meytlend-Naylz o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1).

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Kataloniya klubi hujumchisi Luis Suares jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Shu tariqa “Barselona” “Arsenal”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa 1966-yildan buyon Kataloniya klubi asosichisi Joan Gamper sharafiga har yili o‘tkazilib kelinadi. 1966—1996-yilgacha ushbu musobaqada 4 jamoa ishtirok etargan bo‘lsa, 1997-yildan esa unda faqatgina 2 ta klub qatnashishi belgilab qo‘yilgan.

Shu vaqtda qadar Gamper Kubogi musobaqasi 54 marotaba o‘tkazilgan bo‘lsa, shulardan 42 tasida “ko‘k-anorranglilar” g‘alabaga erishgan.

Gamper Kubogi

“Kamp Nou”, Barselona

4-avgust, yakshanba

Gol: 0:1 — 36 Obameyang, 1:1 — 69, avtogol, Meytlend-Naylz 2:1 — 90 Suares

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2019, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют