» » Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tadbirkorlik faoliyati uchun bir qator imtiyozlar yaratildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tadbirkorlik faoliyati uchun bir qator imtiyozlar yaratildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror (pdf) imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan yuridik shaxslar o‘zlari ishlab chiqarayotgan sanoat tovarlarini eksport qilish qismida valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni 2-ilovasiga kiritilgan xom ashyo tovarlari bundan mustasno).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari (kabel-o‘tkazgich mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar 2017-yilning 1-aprelidan 2022-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda mulk solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi. Bunday yuridik shaxslarga hisobot yili natijalari bo‘yicha sotuvning umumiy hajmida ushbu mahsulotlarni sotishdan tushadigan sof tushumning ulushi 60 foizdan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etuvchi yuridik shaxslar taalluqli.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan eksportyor yuridik shaxslar uchun respublika doirasida ichki yuk tashishga amaldagi tarif stavkalari bo‘yicha yuklarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasigacha yetkazib berishga temir yo‘l tariflarini qo‘llash yuklandi.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют