» » BMTda Rossiya va AQSh ishtirokisiz yadro qurolini taqiqlash haqidagi muzokaralar boshlanmoqda

BMTda Rossiya va AQSh ishtirokisiz yadro qurolini taqiqlash haqidagi muzokaralar boshlanmoqda


Yadro qurolini taqiqlash va to‘liq yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqish bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida boshlanmoqda, deb yozadi “TASS”.

Konferensiyaning birinchi bosqichi 31-martgacha davom etadi va AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi yadro davlatlari bilan bir qatorda shartnomani qabul qilishga qarshi chiqayotgan Rossiya ishtirokisiz kechadi. Ikkinchi bosqich 15-iyundan 7-iyulgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Konvensiyani tayyorlash haqidagi qaror BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o‘tgan yilning dekabrida qabul qilingan edi. Tegishli rezolyutsiyani 113 dan ortiq mamlakat qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va yana 35 ta davlat esa qarshi ovoz berdi, Xitoy betaraf qoldi.

Fevral oyida BMT bosh qarorgohida konferensiyaning bir kunlik tayyorgarlik sessiyasi o‘tkazildi, unda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Ikki bosqichli muhokamalar yakunlari bo‘yicha Bosh Assambleya uchun ma’ruza tayyorlash rejalashtirilmoqda, konvensiya loyihasi esa unga ilova qilinishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют