» » BMT: Yamanda ikki yildan beri davom etayotgan urush davomida 1,4 ming bola halok bo‘ldi

BMT: Yamanda ikki yildan beri davom etayotgan urush davomida 1,4 ming bola halok bo‘ldi


Yamanda ikki yildan beri davom etayotgan qurolli mojaro davomida 1,4 ming bola halok bo‘ldi. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O’Brayen ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Dunyo hamjamiyatining mojaroni muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etishga qaratilgan urinishlariga qaramay minglab tinch aholi, jumladan, 1,4 ming bola o‘ldirildi. Ulardan aksariyati ertalab maktabga yo‘l olib, ortiga qaytmadi. O‘n minglab fuqaro jarohat oldi”, — deya ta’kidladi Stiven O’Brayen. 

BMT bosh kotibi o‘rinbosariga ko‘ra, salkam 19 million yamanlik, ya’ni mamlakat aholisining uchdan ikki qismi gumanitar yordamga ehtiyoj sezmoqda. Ulardan 7 million nafariga ochlik tahdid solmoqda. 

Xalqaro tashkilot va uning sheriklari hozirda Yamandagi 22 viloyatda yashovchi 6 million aholiga har oyda gumanitar yordam yetkazmoqda.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют