» » OAV: Trampning kuyovi Oq uyda keng vakolatlarga ega maxsus bo‘linmani boshqarishi kutilmoqda

OAV: Trampning kuyovi Oq uyda keng vakolatlarga ega maxsus bo‘linmani boshqarishi kutilmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp 27-mart, dushanba kuni Oq uyda davlat rahbarining saylovoldi va’dalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan yangi bo‘linma tuzilishini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

The Washington Post nashriga ko‘ra, keng vakolatlarga ega maxsus bo‘linmani prezidentning katta maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner boshqaradi. Amerika innovatsiya boshqarmasi deb nomlanadigan tuzilma mustaqil bo‘linma sifatida Oq uyning Oval kabinet joylashgan G‘arbiy qismida faoliyat olib boradi. 

Mazkur tizim Vashingtonga “yangicha fikrlashni olib keladigan” va tijorat tashkilotlarining sobiq rahbarlaridan iborat o‘ziga xos operativ guruhga aylanishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, bo‘linmaga kelgusida hukumatning bir qator vazifalari topshirilishi kutilmoqda. 

Опубликовано: admin (27-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют