» » Maymunlar sayyohning changalzorda omon qolishiga yordam berdi

Maymunlar sayyohning changalzorda omon qolishiga yordam berdi


Boliviya o‘rmonlaridan birida ko‘p yillar davomida birinchi marta odam yo‘qolib qoldi, deb yozadi National Geographic. Uning to‘qqiz kundan keyin sivilizatsiyaga qaytishiga reynjerlar bilan birga, maymunlar ham yordam berdi.

25 yoshli Maykul Akunya ismli yigit bir guruh sayyohlar bilan birga o‘rmon bo‘ylab ekskursiyaga chiqdi, ammo to‘satdan g‘oyib bo‘lib qoldi. Qariyb bir hafta davom etgan qidiruvlar natija bermadi, hamma sayyohni o‘ldiga chiqardi. Suvsizlanish va ochlikdan tashqari, risk faktorlari o‘rmondagi zaharli hasharotlar, sudralib yuruvchilar va yirtqichlardan ham iborat edi.

Qidiruvning to‘qqizinchi kuni sayyoh lagerdan bor-yo‘g‘i bir necha kilometr naridan topildi. U ochlik va suvsizlik holatida edi, shuningdek, badani tilingan va tishlangan holatda edi, ammo uning umumiy ahvoli xavf ostida emasdi.

Maykulning so‘zlariga ko‘ra, u o‘rmonda adashib qolgach, suv ichish uchun daryoni topa olmagan, ammo maymunlarni uchratib qolgan va ularga qo‘shilib olgan, jonivorlar esa unga suv va yegulik bergan.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют