» » Yaponiyada qor ko‘chkisi qurbonlari soni 8 kishiga yetdi

Yaponiyada qor ko‘chkisi qurbonlari soni 8 kishiga yetdi


Yaponiyaning Nasu shahrida (Totigi prefektura) joylashgan tog‘-chang‘i kurortida qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘lgan maktab o‘quvchilari soni sakkiz nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Ularning barchasi yurak va o‘pka faoliyatining to‘xtashi holatida ekanligi ma’lum qilinmoqda. Faqat shifokorlar tomonidan qo‘yilgan mazkur tashxis klinik o‘limni anglatadi.

Bundan tashqari, o‘t o‘chirish boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida yana 37 kishi jabrlangan. Ulardan ikki nafari og‘ir shikastlanishlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga matbuot-anjumanida Totigidagi hodisa munosabati bilan mamlakat hukumati huzurida favqulodda shtab tashkil etilganligi va u qidiruv ishlarini muvofiqlashtirishini ma’lum qildi.

Ko‘chki yuz bergan paytda qoyada jami 63 kishi bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют