» » Ronaldu Ikardi transferiga rozilik berdi

Ronaldu Ikardi transferiga rozilik berdi


“Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar qilishicha, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 26 yoshli futbolchining transferiga rozilik bergan.

Portugaliyalik futbolchining fikricha, Ikardi hujumlarni yakunlash paytida bo‘sh hududlar yarata oladi va Ronaldu uchun mukammal sherik bo‘ladi. Biroq transferni amalga oshirish uchun “Yuventus” avvaliga Paulo Dibalaning kelajagiga oydinlik kiritishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq Ikardi “Inter”ni tark etish niyati yo‘qligi, klub esa uni shartnoma muddati oxirigacha maydonga tushirmaslikka tayyor ekani xabar qilingandi.

Ortda qolgan mavsum Ikardi A Seriyada 29 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют