» » O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tarilmoqda

O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tarilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, deb yozadi O‘zA.

Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24—26, kunduzi 41—43 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22—27, kunduzi 31—36 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23—28, kunduzi 38—43 daraja, cho‘l hududlarida 44—45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22—27, kunduzi 38—43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23—28, kunduzi 38—43 daraja, ayrim joylarda 44—45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20—25, kunduzi 36—41 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15—20, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют