» » Toshkent shahar IIBB Bo‘rijar kanalidan topilgan jasad haqida axborot berdi

Toshkent shahar IIBB Bo‘rijar kanalidan topilgan jasad haqida axborot berdi


Kecha, 5-avgust kuni Bo‘rijar kanalidan erkak kishining jasadi topilgan edi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 5-avgust kuni soat 10:40 da “102” raqamiga 31 yoshli Bobur ismli fuqarodan qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Fuqaro o‘z murojaatida Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida erkak kishining jasadini ko‘rganini ma’lum qilgan.

FVV qutqaruvchilari jasadni suvdan chiqarib olgan. Jasad 1-avgust kuni bedarak yo‘qolgan sifatida qidiruv e’lon qilingan, Shayxontohur tumanida yashagan 27 yoshli A.M.ga tegishli ekanligi aniqlandi.

Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют