» » Bekobodda 10-sinf o‘quvchisi ikki nafar tengdoshini pichoqladi

Bekobodda 10-sinf o‘quvchisi ikki nafar tengdoshini pichoqladi


5-avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi maktab o‘quvchilari orasida janjal chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli I.A. Bekobod tumanida “Navoiy” MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Shova mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.T. va D.A.lar kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют