» » Kambag‘al o‘lishini istamaydigan go‘rkov, kir mashinasi sovg‘a qilingan urgutlik egizaklar, yerga yopirilgan magnit bo‘roni va kunning boshqa xabarlari

Kambag‘al o‘lishini istamaydigan go‘rkov, kir mashinasi sovg‘a qilingan urgutlik egizaklar, yerga yopirilgan magnit bo‘roni va kunning boshqa xabarlari


6-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

“Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qoladigan kasb egalari bilan suhbat qildi. Loyihaning navbatdagi qahramoni ko‘p yillardan buyon qabristonda go‘rkovlik qilayotgan kishi.

Yursunali Umaraliyev 1951-yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 40 yildan buyon Poloson qishlog‘ida joylashgan “Umarali ota” qabristonida go‘rkovlik qilib kelmoqda.

“Shunaqa odamlar borki, obro‘-e’tibori, mansabi, mol-u davlati tufayli tobuti qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi. Dafn marosimi ham hech qanday muammosiz o‘tadi. Biroq hech kimi yo‘q kambag‘al odamga qiyin. Orqasidan biror odam kelmaydi. Shuning uchun ham o‘lsa boy o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin deyman”, — deydi Yursunali ota.

***

“Daryo” surishtiruvidan so‘ng urgutlik egizaklarga kir mashinasi sovg‘a qilindi, bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bir muddat ilgari “Daryo”da Samarqand viloyati Urgut tumanidagi To‘rtko‘l mahallasida dunyoga kelgan uch egizak — Shavkatbek, Ziroatxon va Saidaxon haqida maqola chop etilgan edi. Materialda taxminan uch oy muqaddam tug‘ilgan bolalarga mas’ul tashkilotlar tarafidan e’tibor qaratilmagani, ayni paytda oila moddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytilgan edi.

***

Bugun, 6-avgust kuni Yerga birinchi darajali kuchli magnit bo‘roni yopirildi.

Mutaxassislarning fikricha, odamlar magnit bo‘ronini turlicha qabul qiladi. Ayrimlar o‘zini yomon his qilishi, kayfiyatining tushishi, holsizlik yoki aksincha uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Magnit bo‘roni vaqtida hatto sog‘lom odamning ham boshi og‘rishi, charchoq kuzatilishi mumkin.

***

Texas shtatining El-Paso shahrida joylashgan supermarketda sodir bo‘lgan otishmada uch nafar bolaning onasi bo‘lgan ayol chaqalog‘ining hayotini saqlab qolish uchun uni o‘z tanasi bilan himoya qilib halok bo‘ldi.

24 yoshli Jordan Ankondo Walmart supermarketida halok bo‘lgan 20 nafar fuqaroning biri.

Jordanning 19 yoshli singlisi Leta Jamrovskining ma’lum qilishicha, Ankondo otishma sodir bo‘lganida supermarketdan farzandlari uchun maktab anjomlarini xarid qilayotgan bo‘lgan.

***

Qurbon hayiti namozi Toshkent shahrida shu yil 11-avgust kuni, ertalabki soat 05:45 da o‘qiladi. Qolgan hududlarda taqvim kitoblaridagi hududlarda namoz vaqtlaridagi tafovutni inobatga olgan holda ado etiladi.

Mamlakatning turli hududlarida joylashgan jome masjidlarda shu kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют