» » “Arsenal” himoyachisi “Bordo”ga o‘tdi

“Arsenal” himoyachisi “Bordo”ga o‘tdi


“Arsenal” himoyachisi Loran Kosyelni faoliyatini Fransiyaning “Bordo” klubida davom ettiradi. Bu haqda London klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Shartnoma shartlari hamda qancha muddatga imzolangani ochiqlanganicha yo‘q.

“Loranning jamoaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz”, — deyiladi “Arsenal” matbuot xizmati bergan xabarda.

Avvalroq “kanonirlar” Kosyelnini “Bordo”ga 4,6 million funt evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilingandi. Futbolchiga “Lion” va “Renn” klublari ham qiziqish bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kosyelni 2010-yildan buyon “Arsenal” safida to‘p surib kelayotgandi va u 9 yil mobaynida “to‘pchilar” bilan 3 bor Angliya Kubogi hamda 2 marotaba mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik himoyachi ortda qolgan mavsum Angliya Premyer ligasida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют