» » Qatar termasi ustozi uchun O‘zbekistonning Suriyadan mag‘lub bo‘lishi kutilmagan holat emas

Qatar termasi ustozi uchun O‘zbekistonning Suriyadan mag‘lub bo‘lishi kutilmagan holat emas


28-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston — Qatar o‘yini oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Xorxe Fosatti jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

O‘zbekistonni hurmat qilamiz va albatta g‘alaba qozonish uchun bu yerga kelganmiz. Toshkentda qayd etilgan avvalgi natijalar shunchaki raqamlar va statistika. Qatar safarda O‘zbekistonni yutmagan. Ertaga esa yangi o‘yin bo‘ladi va yangi sahifa yozish qo‘limizdan keladi.

Raqib safida kuchli futbolchilar bor. Ha, Rashidov va Abduxoliqov Qatar ligasida o‘ynaydi. Biroq biz ularni kuzatib boramiz. Masalan Qatar tarkibida ham kuchli futbolchilar bor.

Xorxe Fosatti, Qatar termasi bosh murabbiyi

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning O‘zbekiston ustidan zafar quchishi kutilmagan holat emas.

O‘zbekiston terma jamoasi tartibli o‘yin ko‘rsatadi. Jamoa doim reja va strategiya asosida harakat qiladi.

Uning Suriyadan mag‘lub bo‘lgani kutilmagan holat, deya olmayman. Agar Suriya katta hisobda O‘zbekistonni yutganida, mana bu men uchun hayratlanarli bo‘lardi.

Xorxe Fosatti, Qatar termasi bosh murabbiyi

O‘zbekiston — Qatar uchrashuvi ertaga “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin 18:00 da start oladi.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют