» » Bosh prokuratura huquqbuzarliklarga qarshi komissiyalarni muvofiqlashtiruvchi yagona organ etib belgilandi

Bosh prokuratura huquqbuzarliklarga qarshi komissiyalarni muvofiqlashtiruvchi yagona organ etib belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror”ni imzoladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. 

Mazkur qarorga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mamlakatda huquqbuzarliklarga qarshi kurashni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. 

Bosh prokuratura quyidagi komissiyalar bo‘yicha yagona muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilandi: 

Ushbu keng ko‘lamdagi faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi tuziladi.

Huquqbuzarliklar sodir etilish sabab va shart-sharoitlari, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, huquqbuzarliklar salbiy dinamikasi kuzatilgan sohalarda tizimli tahlilni tashkil etish mazkur boshqarmaning asosiy vazifasi etib belgilandi. 

Опубликовано: admin (27-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют