» » Pokiston bosh vaziri Kashmir masalasini hal qilish uchun maxsus qo‘mita tuzdi

Pokiston bosh vaziri Kashmir masalasini hal qilish uchun maxsus qo‘mita tuzdi


Pokiston bosh vaziri Imron Xon Nyu-Dehlining Jammu va Kashmir shtatlarini tugatish haqidagi masalani hal etishning huquqiy, siyosiy va diplomatik jihatlarini ishlab chiqish uchun maxsus qo‘mita tuzishni buyurdi. Bu haqda bosh Daily Times nashri xabar berdi.

“TASS”ning yozishicha, maxsus komissiya 7 a’zodan iborat bo‘lib, ular orasida Pokiston tashqi ishlar vaziri Shayx Mahmud Kureshi, Pokiston bosh prokurori Anvar Mansur Xan, TIV rahbari birinchi o‘rinbosari Suxayil Mahmud, din ishlari bo‘yicha maxsus elchi Ahmad So‘fi, Birlashgan razvedka boshqarmasi Fayz Hamid ham bor.

Hindiston hukumati 5-avgust kuni Jammu va Kashmir shtatlarini tugatib, bu yerda ikki ittifoqdosh hududni yaratish to‘g‘risidagi qarorni ma’lum qilgan. Keyinchalik hujjat parlamentda ma’qullangan. Pokiston bunday qarorni keskin qoralagan.

Hindiston konstitutsiyasiga ko‘ra, Jammu va Kashmir maxsus avtonomiyaga ega bo‘lib, bu shtatda markaziy hukumat tomonidan chiqarilgan barcha qonunlar (mudofaa, tashqi aloqalar bilan bog‘liq masalalar bundan mustasno) mahalliy assambleya tomonidan ma’qullanishi kerak.

Hindistonning boshqa yerida yashovchi odamlar u hududdan yer sotib olish huquqiga ega emas edi. Jammu va Kashmir o‘z bayrog‘iga va bir qator boshqa afzalliklarga ega edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют