» » “Toshkent” Xalqaro aeroportida patrul-post xizmati punkti o‘rnatildi

“Toshkent” Xalqaro aeroportida patrul-post xizmati punkti o‘rnatildi


Fuqarolarga va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish uchun “Toshkent” Xalqaro aeroportiga yaqin hududda Police yozuvi bor poytaxt IIBB patrul-post xizmati punkti faoliyat ko‘rsata boshladi, bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu punktda kechayu-kunduz Toshkent shahar IIBB xodimlari xizmat olib boradi.

Bundan tashqari, punktning ichida o‘rnatilgan monitorlar aeroport hududi bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining tasvirini uzatib beradi. Bu esa ichki ishlar xodimlariga vaziyatni nazorat qilishlariga, jamoat tartibi buzilgan holatlarda tezda voqea joyiga yetib kelishiga imkoniyat yaratadi.

Ushbu PPX punkti va ichki ishlar xodimlarining aeroport yaqinida xizmat qilishi, poytaxtga kelayotgan mehmonlarda xavfsizlik hissini uyg‘otadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют